Fabregas: «Xoland – mashina»

Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.

«Xoland o‘ziga xos juda yaxshi hujumchi. U shunday yaxshi jamoada o‘ynaydiki, u o‘yinning istalgan nuqtasida o‘zgarishlar qila oladi. Uning hozirgi formasini inobatga olgan holda, agar men «Arsenal» yoki Xolandga qarshi o‘ynaydigan boshqa jamoaning markaziy himoyachisi bo‘lganimda, xotirjam bo‘lmagan bo‘lardim. Bu odam «mashina». Men shunday kalibrli hujumchi bilan o‘ynashni istardim» – dedi Fabregas Planet Premier League bilan suhbatda.

22 sentyabr, yakshanba kuni «Manchester Siti» APL doirasida «Arsenal»ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter