Ramosning Braziliyaga o‘tishi bardor bo‘ldi

30 iyun kuni Serxio Ramos shartnomasi tugagach, «Sevilya»ni tark etdi va endi erkin agent maqomiga ega bo‘ldi.

38 yoshli faxriyga Amerika va Saudiya klublaridan biriga o‘tish ehtimoli borligi aytilgandi, ammo bu variantlar amalga oshmadi.

So‘nggi haftalarda «Botafogo» Ramosga qiziqish bildirgan va o‘tgan hafta tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Biroq, ED nashri xabariga ko‘ra, Braziliya tomoni sobiq «Real Madrid» markaziy himoyachisining talablarini qondirishni istamagani uchun kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Futbolchi yangi klub izlashda davom etmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter