Desham: «Fransiya Mbappe bilan doim kuchli bo‘lgan»

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Real» hujumchisi Kilian Mbappening o‘yini haqida gapirdi.

«Kilian Mbappening hozirgi o‘yini haqida qayg‘urishimiz kerakmi? Yo‘q, Kilian o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, u deyarli barcha o‘yinchilar kabi o‘zining optimal formasiga hali 100 foiz yetib ulgurmagan.

O‘zining golsiz davriga kelsak, u o‘ziga nisbatan juda talabchan va u albatta gol urishni boshlaydi.

Balki Mbappega ortiqcha e’tibor qaratayotgandirmiz. Ammo bunday daqiqalar bir zumda sodir bo‘lmaydi. Shunga qaramay, takror aytaman – Fransiya termasi o‘z tarkibida Kilian bilan doim kuchli bo‘lgan. Ishonchim komilki, bir oy ichida u o‘zini ancha yaxshi his qiladi», – dedi Desham.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter