Luis Enrike rejalariga kirmagan futbolchiga 3 ta klub qiziqish bildirmoqda

Danilu Pereyraga «Barselona», «Atletiko Madrid» va «Portu» klublari qiziqish bildirmoqda.

RMC Sport xabariga ko‘ra, har uchala klub ham «PSJ» futbolchisining transfer shartlariga qiziqish bildirgan.

Qayd etilishicha, futbolchi parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening kelajakdagi rejalariga kiritilmagan. 32 yoshli futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi tugashiga bir yil bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter