«Chelsi»ning yangi maqsadi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sanchoga Angliyaning yana bir klubi – Londonning «Chelsi» jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

“Aristokratlar” rahbariyati yangi futbolchilarni xarid qilishdan charchamayapti. Sancho poytaxt top klubining yangi nishoniga aylandi.

“Qizil iblislar” o‘z navbatida futbolchi uchun kamida 45 million yevro taklif qilsa, uni sotish masalasini muhokama qilishga tayyor.

24 yoshli yarim himoyachining «mankunianliklar» bilan 2026 yilning yoziga qadar mehnat majburiyatlari bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter