Noyer Germaniya terma jamoasida qolmoqchi

Manuel Noyer Germaniya terma jamoasini tark etish niyatida emas.

Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, “Bavariya” darvozaboni faoliyatini terma jamoada davom ettirmoqchi. Noyer yil oxirida terma jamoaga qaytishi kutilmoqda.

Avvalroq, 38 yoshli darvozabon Germaniya terma jamoasida 2026 yilgi jahon chempionatigacha qolish niyatida ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Germaniya sentyabr oyida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Jamoa Millatlar ligasi guruh bosqichida Vengriya va Niderlandiyaga qarshi o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter