«Lester» «Tottenxem» futbolchisi uchun 23 million yevro to‘ladi

«Lester» o‘z tarkibini «Tottenxem» yarim himoyachisi Oliver Skipp bilan mustahkamladi. Yangi futbolchi bilan shartnoma 5 yilga tuzilgan va «tulkilar» 23 yoshli angliyalik uchun 23,5 million yevro to‘lagan.

Skipp «shporlar» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. Oldingi faoliyatida u 2020-2021 yillarda «Norvich»ga ijaraga o‘tgandan keyin London klubini faqat bir marta tark etgan.

Qizig‘i, 19 avgust, dushanba kuni davom etayotgan APL 1-turida «Lester» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter