Paralimpiya o‘yinlari qaysi telekanal orqali efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi

28 avgust – 8 sentyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida XVIII yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqaning O‘zbekiston hududida MTRK telekanallari orqali namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari MTRKning «Sport TV», «Dunyo bo‘ylab» hamda «Foreign Languages» telekanallari orqali namoyish etilgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter