«Atletiko» va «Chelsi» qanday shartlarda kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi

«Atletiko Madrid» va «Chelsi» Joau Feliks va Konor Gallaxer bo‘yicha kelishuvlarni yakunlashmoqda.

Jurnalist Ruben Urianing yozishicha, klublar muzokaralarning so‘nggi bosqichida.

«Atletiko» Feliks uchun 50 million yevro va 5 million yevro bonus oladi. «Chelsi» Gallaxerni 42 million yevro evaziga Madridga jo‘natadi va uni keyingi sotuvidan tushgan foydaning bir qismini hisoblashi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Feliks «Chelsi»ga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter