«Bavariya» bir qarorga kelishlari kerak

«Real Madrid» jamoasiga yaqin kelajakda yangi futbolchi kelib qo‘shilishi mumkin.

Todofichajes portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, himoyachi Alfonso Devis bilan transfer dostoni hali yakuniga yetmagan.

Manbaga ko‘ra, «Real Madrid» yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida 23 yoshli kanadalik futbolchi uchun «Bavariya»ga taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.

«Real Madrid» Devisning kelasi yozda tugaydigan amaldagi shartnomasi tufayli «Bavariya» bosim ostida bo‘lishiga ishonmoqda.

Myunxenliklar bir qarorga kelishlari kerak: yo futbolchini arzonlashtirilgan narxda sotish, yoki bir yildan so‘ng uni tekinga yo‘qotish mumkin.

Shu bilan birga, «Real» Devis uchun 35 million yevrodan ko‘proq pul to‘lamoqchi emas.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter