«Bayer» «Liverpul» futbolchisini maqsad qilib qo‘ygan

«Liverpul» markaziy himoyachisi Sepp van den Berg «Bayer»ning nishoniga aylandi.

Niderlandiyalik futbolchi avvalgi ikki mavsumni Bundesligada o‘tkazgan va avvaliga “Shalke”, keyin esa “Mayns”da ijara asosida o‘ynagan. Endi 22 yoshli futbolchi doimiy ravishda Germaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin – «Bayer» uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Kicker xabariga ko‘ra, «dorichilar» Odilon Kossunudan ayrilsa, oy oxirigacha mersisaydliklar markaziy himoyachisini sotib olishga harakat qilishadi.

Sepp van den Bergning Transfermarkt portalidagi qiymati 12 million yevro, ammo “Liverpul” futbolchini 20 million funt sterlingga (23 million yevrodan ortiq) baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter