«Aston Villa» «Chelsi»dan Lukakuni sotib olishga tayyor

«Aston Villa» yozning eng hayratlanarli transferlaridan birini amalga oshirishi mumkin. Mattino xabariga ko‘ra, birmingemliklar «Chelsi»dan hujumchi Romelu Lukakuni sotib olishga tayyor.

Tajribali belgiyalik futbolchiga asosiy da’vogar «Napoli» ekani avvalroq xabar qilingandi, biroq italyan jamoasi hujumchini faqat sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishga tayyor. «Chelsi» forvarddan doimiy ravishda qutulmoqchi, ammo Romeluning o‘zi Antonio Konte jamoasiga o‘tmoqchi.

Avvalroq «Chelsi» Lukaku uchun 40 million yevro miqdorida tovon puli talab qilayotgani xabar qilingandi. O‘tgan mavsumda Romelu «Roma»da ijara asosida o‘ynadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter