«Borussiya» futbolchisi Germaniyaning boshqa klubiga o‘tdi

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Tom Rote «Union»ga o‘tdi, deb xabar bermoqda Berlin klubi matbuot xizmati.

Transfermarkt portali transferni 4 million yevroga baholagan.

O‘tgan mavsumda Rote «Xolshtayn» jamoasida ijara asosida o‘ynadi va klubga Bundesligaga chiqishga yordam berdi. Ikkinchi Bundesliganing 33 uchrashuvida u 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter