Mareska: «Chelsi» futbolchilari o‘rganadigan narsalar bor»

«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska AQSHda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

«Hozir o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor. Gol o‘tkazib yuborishdan tashqari, bitta gol o‘tkazib yuborsak, ikkinchisini ikki daqiqada o‘tkazib yubora olmasligimizni ham o‘rganishimiz kerak. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubordik, keyin bir necha daqiqadan so‘ng yana gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarga shuni aytdim. Gol o‘tkazib yuborgan vaziyatda kuchliroq bo‘lishingiz va boshqa o‘tkazib yubormasligingiz kerak.

Bunday paytlarda ba’zan qachon himoyada, qachon qanotlarda o‘ynashni yaxshiroq tushunish kerak bo‘ladi. Ikki yoki uch haftalik ishdan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘ylashimcha, biz birinchi besh daqiqadan tashqari yaxshi o‘ynadik», – dedi Mareska.

Eslatib o‘tamiz, 2022/23 yilgi mavsumda Mareska Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi murabbiylar shtabida ishlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter