“Real” “River Pleyt”ning 16 yoshli yarim himoyachisi uchun 25 million yevro taklif qilmoqda
Madridning “Real” klubi Franko Mastantuononi sotib olish ustida ishlamoqda.
Madrid klubi direktori Santyago Solari «River Pleyt» va 16 yoshli yarim himoyachining atrofidagilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining shartnomasida tovon puli 45 million yevrodir.
AS nashri xabariga ko‘ra, «Real Madrid» 25 million yevro taklif qilmoqda va Mastantuononi yana bir yil hozirgi jamoasida qoldirishini istisno qilmayapti. Futbolchining o‘zi agar «River Pleyt»ni tark etsa, Madridga o‘tmoqchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/