Olmo: «Variantlarim ko‘p, g‘olib jamoada o‘ynashni xohlayman»

Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioniga aylangan Dani Olmo g‘alaba ta’mini oldi va endi klub miqyosida g‘alaba qozonishni istamoqda.

Hujumchining so‘zlariga ko‘ra, uning kelajagi uchun turli variantlari bor, ammo u g‘olib jamoada o‘ynashi kerak.

«Kelajak uchun menda turli xil variantlar bor, agentlarim nima istayotganimni aniq bilishadi. Meni qadrlaydigan jamoada o‘ynashni xohlayman. Men ambisiyali odamman va g‘alaba qozonishni xohlayman. Ismingiz katta klublar bilan bog‘langani juda yoqimli», – deya Olmo so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter