«Bavariya» sport direktori de Ligtning ketishini inkor qilmadi

«Bavariya» sport direktori Kristof Froynd jamoa himoyachisi Matteys de Ligtning ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Hozir bizda juda yaxshi jamoa bor, lekin biz hech narsani, jumladan, futbolchilarning ketishini ham inkor eta olmaymiz. De Ligt haqida hozircha yangi ma’lumot yo‘q, ammo bizda unga ko‘p takliflar bor», – deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Oldinroq 24 yoshli niderlandiyalik futbolchi faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter