Emiliano Martines: «Hamma Argentina xotirjamlikka beriladi deb o‘ylagandi»

Emiliano Martines Argentinaning Amerika Kubogidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Argentina terma jamoasi turnirning final uchrashuvida Kolumbiya terma jamoasini mag‘lub etdi (1:0, qo‘shimcha vaqt).

Argentinaliklar ketma-ket ikkinchi marta Amerika kubogini qo‘lga kiritishdi. Jamoa 2021 yilda ham kubokni qo‘lga kiritgan.

«Ikki karra chempion bo‘lish jamoa va mamlakat uchun juda yoqimli. Biz odamlarga yana bir quvonch baxsh etmoqchi edik va buning uchun ko‘p kuch sarfladik.

Hamma chempionlikni qo‘lga kiritganimizdan keyin bo‘shashib qolamiz deb o‘ylagandi, ammo biz qanday jamoa ekanligimizni yana bir bor ko‘rsatdik», – dedi Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter