Niderlandiyalik futbolchi sudda g‘alaba qozondi

Anvar El-G‘ozi “Mayns” bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi.

2023-yil 7-oktabrda Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan keyin Anvar ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozgan edi: “Bu mojaro yoki urush emas. Bu genosid va ommaviy qirg‘in va biz buni jonli ko‘rib turibmiz”.

U xabarni Falastinning ozod etilishi haqidagi shior bilan yakunladi, biroq keyin postni o‘chirib tashladi. Klub futbolchini mashg‘ulotlar va o‘yinlardan chetlatdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida nemis klubi niderlandiyalik yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilgandi. Shundan so‘ng futbolchi Mayns mehnat sudiga bordi.

Mayns mehnat sudi shartnomani oldindan ogohlantirmasdan bekor qilishni noqonuniy deb topdi. 

El-G‘ozi klubdan avval to‘lanmagan maosh va bonuslarni – taxminan 1,7 million yevroni olishi kerak bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter