Fransiyalik sobiq futbolchi: «Grizmanning ikki yildan so‘ng JCH-2026’da o‘ynashiga ishonaman»
Erik Di Mekoning fikricha, Antuan Grizmann Fransiya terma jamoasida o‘ynashda davom etishi kerak.
«Hamma, birinchi navbatda, milliy terma jamoa o‘yinchilari uchun bu Yevroda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini biladi.
Ammo biz 150 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan va «Atletiko» bilan qiyin mavsumdan kelgan yigit haqida gapiryapmiz. Qolaversa, u maydonda hamma narsani qila oladi.
Ha, u bu Yevroda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatmadi. Ammo bunday saviyadagi va bunday statistikaga ega futbolchini hisobdan chiqarib bo‘lmaydi, chunki u bitta turnirda omadsizlikka uchragan. Aks holda, ko‘pchilik taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Ikki yildan so‘ng uning JCH-2026da o‘ynashiga ishonaman», — dedi fransiyalik sobiq futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/