Ispaniya ikkinchi bo‘limda Fransiya darvozasiga aniq zarba bera olmadi

Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida raqib darvozasiga aniq zarba yo‘llamadi.

Luis de la Fuente shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Yevro-2024 finaliga chiqdi. Uchrashuvdagi barcha gollar 1-bo‘limda kiritildi – darvozaga yo‘llangan uchala zarba ham gol bilan yakunlangandi.

Tanaffusdan so‘ng Ispaniya raqib darvozasiga bor yo‘g‘i bir marta zarba yo‘lladi, u ham noaniq – o‘yinning dastlabki 45 daqiqasida ispanlar Fransiya darvozasiga 5 marta zarba berishgandi.

Ispaniya ertaga bo‘lib o‘tadigan Angliya va Niderlandiya o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan Yevropa chempionati finalida o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter