«Chelsi» yangi hujumchi topdi

«Borussiya» klubiga tegishli bo‘lgan germaniyalik hujumchi Karim Adeyemi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferiga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. Adeyemining transferi 28 million yevroga baholanmoqda.

Klub va Karim o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning iyun oyi oxirigacha. So‘nggi mavsumda forvard 21 ta o‘yin o‘tkazdi. Adeyemi hisobida uchta gol va bitta golli uzatma bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter