JCH-2030 finali «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi

Iyul oyi oxiriga qadar Ispaniya, Portugaliya va Marokash 2030 yilgi jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar rejasini taqdim etishi kerak.

Marokash finalni o‘z mamlakatida o‘tkazish g‘oyasini ilgari surmoqchi edi, ammo jahon chempionati uchun hal qiluvchi kurash «Real Madrid» stadioniga o‘tadi. Bunga Madrid klubi va FIFA o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlar yordam berdi, deya ta’kidlaydi manba.

Aytish joizki, 2026 yilgi navbatdagi jahon chempionatiga ham uch davlat – AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter