«Manchester Siti»ning sobiq maslahatchisi APLni tanqid qildi
«Manchester Siti»ning sobiq maslahatchisi APLning 115 dan ortiq chiqargan ayblovlari haqida gapirdi.
Premyer-liga «Siti» liganing moliyaviy qoidalarini buzgan deb hisoblaydi va ish 2024 yil oxirida ko‘rib chiqiladi.
«Aslida, bu 115 emas, 130 ta holatni o‘z ichiga oladi.
Lekin Premyer-liganing dastlabki xatosi va ommaviy axborot vositalarining dastlabki brifinglari tufayli ular 115 haqida gapirishmoqda.
Bu eng jiddiy ayblovdir», – dedi Stefan Borson BBC podkastida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/