Pikford Angliya darvozabonlari rekordchisiga aylandi
Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford Yevro-2024 2-turida Daniyaga qarshi o‘yinda to‘liq harakat qildi.
Bu uning yirik turnirlardagi jami 21-o‘yini bo‘ldi. Pikford JCH-2018, Yevro-2020, JCH-2022 va hozirda Yevro-2024’da harakat qilmoqda.
Jordan Angliya terma jamoasi darvozabonlari bo‘yicha Piter Shiltonning yirik turnirlar o‘yinlaridagi rekordini yangiladi. Boshqa pozisiyalardagi futbolchilardan Xarri Keyn, Raxim Sterling, Eshli Koul, Stiven Jerrard va Ueyn Runi ko‘proq uchrashuvlar o‘tkazgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/