Matteus Yevro-2024da g‘alaba qozonadigan jamoa nomini aytdi

Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lotar Matteus «bundestim»ning 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi o‘yini haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jamoamiz Yevropa chempionatini Shotlandiyaga qarshi o‘yin bilan ochmoqda. Uydagi turnirda g‘alaba qozonishimizga qat’iy ishonaman. Men o‘z prognozimni aytaman – Germaniya Yevropa chempioni bo‘ladi», – deydi sobiq futbolchi.

Bugun, 14 iyun kuni Myunxendagi stadionda Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevroning ochilish o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter