Yevropa chempionatini yutishi mumkin bo‘lgan jamoa taxmin qilindi

Opta superkompyuteri 2024-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchilarining nufuzli turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

Reytingda birinchi o‘rinni Angliya terma jamoasi egalladi, uning g‘alaba qozonish ehtimoli 19,9 foizni tashkil etadi.

Fransuz futbolchilari ikkinchi o‘rinda. Jahon vise-chempionlarining Yevropa chempionatini yutish imkoniyati 19,1 foizni tashkil etadi.

G‘alabaga asosiy da’vogarlar uchligini turnir mezbonlari – nemislar yakunladi. Bundestimning imkoniyatlari 12,4 foizga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Kubokning amaldagi sohibi Yevro-2020 finalida Angliyani mag‘lub etgan Italiya terma jamoasi hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter