«MYU» Garnocha bo‘yicha Maskeranoga javob berdi

Argentina yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Maskerano vinger Alexandro Garnachoni futbol bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarida ko‘rishni istadi. Maskerano futbolchini qo‘yib yuborish iltimosi bilan «Manchester Yunayted»ga murojaat qilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Garnacho Argentina olimpiya terma jamoasi tarkibida o‘ynamaydi. «Manchester Yunayted» 19 yoshli futbolchini turnirga qo‘yishdan bosh tortdi. Aytish joizki, futbol bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari FIFA musobaqalari ro‘yxatiga kiritilmagan. Shu sababdan klublar ushbu turnirga futbolchilarni qo‘yib yubormasligi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter