«Atalanta» futbolchisi klub rahbariyatidan o‘zini sotishini so‘radi

«Atalanta» yarim himoyachisi Tën Kopmeyners klubdan keyingi transfer oynasida uni sotishni so‘raganini aytdi.

«Men «Atalanta»dan yozgi transfer oynasida meni sotishini so‘radim. Menda muhim tanlov bor. O‘tgan yili «Napoli» meni xohlagan edi. Men «Yuventus»ning qiziqishi haqida bilaman…» dedi Tën Kopmeyners.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yuventus» futbolchining o‘yinini kuzatib borishi va keyingi transfer oynasida futbolchini asosiy kuch sifatida ko‘rishi haqida xabar berilgandi.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter