Skolari ishsiz qoldi

«Atletiko Mineyro» bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolarini iste’foga chiqarganini e’lon qildi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qildilar.

Mutaxassis 2023 yilning yozida klubni qabul qilib olgandi. O‘shandan beri jamoa 41 uchrashuv o‘tkazib, 19 g‘alaba, 10 durang va 12 mag‘lubiyat natijasini qayd etgan.

Skolari avvalroq “Chelsi”, Braziliya terma jamoasi va Portugaliya terma jamoasida ishlagan. Shuningdek, Toshkentning «Bunyodkor» klubida ham faoliyat olib borgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter