Diyego Simeone jamoasida vaziyat yaxshi emas

“Atletiko” safarda “Kadis”ga imkoniyatni boy berdi (0:2).

“Matraschilar” so‘nggi to‘qqizta o‘yinda atigi ikkita g‘alabaga erishdi.

Jamoa chempionatda «Real» va «Almeriya» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, «Sevilya»ga yutqazdi. Shuningdek, kubokda «Atletik Bilbao»ga (ikki marta) va YECHLda «Inter»ga ham mag‘lub bo‘ldi.

“Atletiko” 13 mart kuni “Inter”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yini o‘tkazadi.

Diyego Simeone shogirdlari 55 ochko bilan La Ligada 4-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter