Nunyes qatorasiga 4-o‘yinda gol urdi

Darvin Nunyes “Liverpul” safidagi qatorasiga 4-o‘yinida gol urdi.

24 yoshli urugvaylik forvard “Sparta” bilan Yevropa ligasi o‘yinida dubl qayd etdi. Bungacha u “Nottingem”, “Brentford” va “Byornli” darvozasiga gol urgan.

Umuman olganda, Nunyes o‘zining so‘nggi 13 uchrashuvida 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter