Sulsher: «Umid qilamanki, ten Xag «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyat qozonadi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaning amaldagi ustozi Erik ten Xag «Manchester Yunayted» jamoasini boshqarishda muvaffaqiyatga erishishiga umid bildirdi.

«Umid qilamanki, ten Xag «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyat qozonadi. To‘g‘ri, men yangi egalarning boshida nima bo‘layotganini bilmayman. Erik natijaga erishishi va mavsum oxirigacha jamoaga barqarorlikni ta’minlashi kerak», – dedi Sulsher.

Joriy mavsumda jamoa Angliya premyer-ligasida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter