RPL klublari yosh eronliklarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda
Rossiya Premyer ligasi klublari eronlik yosh futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishmoqda.
Qishki transfer oynasida birdaniga 3 ta eronlik futbolchi Rossiya klublariga ko‘chib o‘tishdi:
1. Kasro Tohiri (17 yoshli hujumchi) – «Rubin»
2. Amirhossayn Reyvandi (19 yoshli chap qanot himoyachisi) – «SSKA»
3. Muhammad G‘urboni (22 yoshli tayanch yarim himoyachisi) – «Orenburg»
«Rostov» jamoasi futbolchisi Muhammad Muhebini qo‘shib hisoblaganda Rossiyadagi eronliklar soni 4 taga yetmoqda. Til borasidagi ustunlikka qaramasdan, Rossiya chempionatida hozirda 3 ta o‘zbekistonlik futbolchi harakat qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/