«Brentford» ustozi «Liverpul» bilan bahsda ijobiy natijaga erishishga ishonmoqda

«Brentford» bosh murabbiyi Tomas Frank APL doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.

«Biz liganing eng yaxshi sport formasida bo‘lgan jamoasi bilan to‘qnash kelamiz. Ularda eng yaxshi futbolchilar va top murabbiy bor. Menimcha, «Liverpul» ligadagi eng yaxshi hujumkor jamoa, chunki ularni yopish juda qiyin. Ular birlashadilar, yaxshi pas bilan o‘ynashadi, yakkama-yakka vaziyatga chiqishadi, standart vaziyatlarda ham aniq o‘ynashadi. Bu jiddiy sinov bo‘ladi, lekin biz bunga tayyormiz va o‘zimizga ishonamiz. Biz natijalarga erisha olishimizga ishonamiz» – dedi Frank matbuot anjumanida.

«Brentford» – «Liverpul» uchrashuvi 17 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter