Pessela ham yangi kelishuvga qo‘l qo‘ydi
«Betis» himoyachi German Pessella bilan shartnomasini uzaytirganini e’lon qildi.
32 yoshli argentinalik futbolchi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Oldingi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga yetar edi.
Pessella 2021 yilning yozida “Fiorentina”dan 3,25 million yevro evaziga “Betis”ga qaytgan edi.
Joriy mavsumda u Sevilya shahri klubi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/