«MYU» himoyachisi bilan shartnomani avtomatik tarzda uzaytirdi

«Manchester Yunayted» Aaron Uan-Bissakani jamoada qoldirishga qaror qildi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, mankunianliklar himoyachi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish variantini faollashtirishgan.

Klub u bilan yangi shartnoma tuzib, maoshini oshirishni ham rejalashtirgan. Hozirda u haftasiga 90 ming funt maosh oladi.

Joriy mavsumda Van-Bissaka Premyer-ligada 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter