Fabian Ruis: «Parijda baxtliman»

«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruis 2022 yilning yozida «Napoli»ni tark etganidan afsusda emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik ketganidan so‘ng neapolliklar birinchi urinishdayoq Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

«A Seriyada g‘alaba qozonishdan bir yil oldin «Napoli»ni tark etganimdan afsuslanmayman. Aksincha, barcha tomonlar uchun hammasi yaxshi bo‘lganidan xursandman. Faoliyatimdagi ilk chempionlikni qo‘lga kiritdim va «Napoli» ham o‘z navbatida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Oldinroq skudettoni yutishni xohlaganim aniq edi, ammo hozir Parijda baxtliman», – deya Ruisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Calciomercato.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter