Rossiya – Kuba o‘yini rossiyaliklarda katta qiziqish uyg‘otmoqda

Rossiya va Kuba terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini uchun sotilgan chiptalar soni malum bo‘ldi.

RB Sport xabariga ko‘ra, 8 noyabr, chorshanba oqshomidan boshlab Volgograddagi uchrashuvga 12 mingga yaqin chipta sotilgan. RFU shu kuni chiptalar dasturini e’lon qildi. Minimal narx 500 rubldan boshlandi. Ma’lum qilinishicha, o‘rtoqlik o‘yini tashkilotchilari 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Jahon chempionati stadioni to‘lishini kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasining 2023 yildagi so‘nggi o‘yini 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter