Almada: «Mening orzum – Yevropada o‘ynash»

«Atlanta Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Tiago Almada kelajagi haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi. 22 yoshli argentinalik futbolchi yaqin vaqt ichida Yevropaning top-chempionatida ishtirok etishni xohlashini aniq aytdi.

«Avval men mavsumni MLSda yakunlamoqchiman, keyin esa yanvar oyida menda qanday variantlar borligini ko‘ramiz. Mening orzum Yevropada o‘ynash. Umid qilamanki, bu tez orada amalga oshadi», – deya Almada so‘zlaridan iqtibos keltiradi argentinalik jurnalist.

Yozda Almadaga «Ayaks» qiziqish bildirgandi. Shuningdek, yarim himoyachi xizmatlariga Angliya premyer-ligasining top-klublari – “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter