«Yuventus» APLdan himoyachi olmoqchi
Huquqlari «Bornmut»ga tegishli bo‘lgan 25 yoshli himoyachi Lloyd Kelli transfer bozorida talabga ega.
DeadlineDayLive xabariga ko‘ra, futbolchi bilan Turinning «Yuventus», Dortmundning «Borussiya»si va Londonning «Vest Xem» klublari qiziqish bildirmoqda.
Kelli va «Bornmut» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Shu tariqa, joriy mavsum yakunlangach, futbolchi tekinga yangi klubiga o‘tishi mumkin.
Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida Lloyd oltita o‘yinda qatnashdi. Transfermarkt portali ekspertlari himoyachining narxini 18 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/