De Bryuyne kelasi yozda Ronalduning yoniga keladi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne kelasi yozda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli yuqori. Bu haqda La Gazette Dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, 32 yoshli belgiyalik xavbek Saudiyaning «An-Nasr» klubi rahbariyati bilan 2024 yilning yozidagi transferi borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. «Man Siti» u bilan 2025 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmasa, 2024 yilning yozida sotib yuborishi mumkin.
De Bryuyne hozirda jarohatini davolamoqda. U joriy mavsumda 3 ta o‘yinda 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 70 million yearoga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/