Deku: «De Yong bilan hali gaplashmadik»

«Barselona» sport direktori Deko jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yongning kelajagi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli niderlandiyalikning ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Dekuning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» de Yongni qadrlaydi, ammo hozircha shartnomani uzaytirish masalasi muhokama qilinmagan.

“Biz Frenki bilan shartnomani uzaytirish haqida hali gaplashmadik. Klubga Frenki yoqadi, xuddi Pedri, Arauxo, Gavi, Gyundogan kabi. Bular klubda yana ko‘p yillar qolishi mumkin bo‘lgan futbolchilar», – deya Deku so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter