«Milan» uchun o‘tgan yil ancha omadli kechdi

«Milan» moliyaviy yilni oxirgi 17 yil ichida birinchi marta foyda bilan yakunladi.

27 sentyabr kuni «rossonerilar» direktorlar kengashining 2022/23 futbol mavsumiga to‘g‘ri kelgan moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv natijasida 6 million yevro foyda qayd etildi. O‘tgan moliyaviy yilda «Milan» 66,5 million yevro zarar ko‘rgan.

«Milan» o‘z balansini 2006 yildan beri birinchi marta foyda bilan yopdi, o‘shanda bu ko‘rsatkich deyarli 2,5 million yevroni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, yakunlangan moliyaviy yildagi klub daromadi 400 million yevrodan oshdi (avvalgi davrda 297 million). Bu «Milan»ning rekordidir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter