Fermin «Barselona»dagi ilk golidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi

«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes «Malyorka»ga urgan golidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniya chempionati yettinchi tur uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. 20 yoshli futbolchi 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va Rafinya Diasning uzatmasidan gol urdi.

«Birinchi golimni urganimdan xursandman, lekin biz o‘sishda davom etishimiz kerak», – deya Lopesning so‘zlarini keltiradi Barcacentre.

Yetti turdan keyin “Barselona” 17 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter