Tebas La Ligadagi chempionlik uchun kurash haqida gapirdi

Ispaniya La Ligasi rahbari Xavyer Tebas joriy milliy chempionatda oltin medallar uchun kechadigan kurash haqida fikr bildirdi.

“Bu oson savol emas. Men «Real Madrid»ga muxlislik qilaman. Chempion kamida 90 ochko to‘plashini istardim. Ilgari La Liga ancha raqobatbardosh edi. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun ko‘p ochko to‘plash kerak edi», – deya Xaverning so‘zlarini keltiradi Marca gazetasi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida olti turdan so‘ng “Barselona” birinchi o‘rinda bormoqda. “Jirona” ikkinchi, “Real” esa kuchli uchlikni yopadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter