Zinchenko: «Saka va Uoker Ukrainaning natijasidan hayron bo‘lishdi»

Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning aytishicha, uning sobiq «Manchester Siti»dagi hamkori Kayl Uoker va «Arsenal»dagi hozirgi jamoadoshi Bukayo Saka Ukraina terma jamoasining Yevro-2024 saralash o‘yinida (1:1) Angliyadan ochko olishini kutmagan edi.

«Saka va Uoker? Uchrashuvdan keyin gaplashdik. Natijaga erishganimizdan hayron bo‘lishdi. Jamoa uchun yaxshi natija. Qiyin bo‘ldi, lekin muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashi bilan muvaffaqiyatga erishdik. Biz mudofaa uchun ko‘p vaqt sarflashimizni tushundik, lekin umuman olganda, raqib ustunlikka ega bo‘lsa-da, buni uddaladik.

Golni kimga bag‘ishladim? Qizim Yevaga. Endi eng muhimi Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga tiklanish, bu yana bir muhim jang bo‘ladi», – dedi Zinchenko.

Italiyaga qarshi bahs 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter