La Liganing 5-turidan o‘rin olgan bahslar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

8 sentyabr kuni kechqurun Marokashda kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

La Liga matbuot xizmati Ispaniya chempionatining rasmiy saytida Marokashdagi mavjud vaziyat yuzasidan bayonot e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, La Liga va Segundaning bo‘lajak turidagi barcha o‘yinlar Afrika mamlakatida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

«Biz barcha klublar nomidan samimiy hamdardlik bildirmoqchimiz», — deb yozdi liga matbuot xizmati.

La Liganing 5-turi 15 sentyabr kuni «Rayo Valyekano» – «Alaves» uchrashuvi bilan boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter