Manba: Messi katta ustunlik bilan «Oltin to‘p»ga ega chiqadi
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi yana bir bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Argentinalik futbolchi o‘tgan yil oxiridagi jahon chempionatidagi g‘alabasi tufayli nufuzli individual sovrin uchun favorit sanaladi. Eslatib o‘tamiz, Qatarda hujumchi nafaqat o‘z terma jamoasining kubokni qo‘lga kiritishiga yordam bergan, balki turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida ham tan olingandi.
Diario AS xabariga ko‘ra, Messi sakkizinchi «Oltin to‘p»ini oktyabr oyida 93% imkoniyat bilan oladi.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli futbolchi hozirgi asosiy raqibi Erling Xolanddan sezilarli darajada o‘zib ketgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/