Kvarasxeliya: «Men yoshlar terma jamoamizga faqatgina halaqit berishim mumkin edi»
«Napoli» yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya o‘tgan yozda yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Gruziya terma jamoasi safida maydonga tushmadi. 22 yoshli futbolchi bu haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yoshlar jamoasidan hech kim mendan Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborganim uchun xafa bo‘lmadi. Men juda charchaganimni aytdim. Qolaversa, yoshlar terma jamoamiz allaqachon o‘ynab bo‘lgandi va men faqat halaqit qilishim mumkin edi. «Napoli»dan hech qanday bosim bo‘lmadi», – dedi Kvarasxeliya Rossiyaning «Chempionat» saytiga.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Xvicha Kvarasxeliya «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lgandi.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Yevropa chempionatida Gruziya terma jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Biroq chorak finalda gruziyaliklar Isroilga golsiz durangdan keyin penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/